"Oltin to‘p"ni Sancho qo‘lga kiritishi kerak!

  • 25 oktabr, 13:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund"ning sobiq ustozi Edin Terzich qo‘l ostida o‘ynagan shogirdlari haqida iliq fikrlar bildirdi.

Tecno

"Erling Holand, Jud Bellingem va Jeydon Sancho - bularning barchasi kelajakda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Agar Sancho haqida gapiradigan bo‘lsam, balkim hech kim 5 yil oldin Dembelening ushbu sovrinni yutishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

Uning intizomida ham shunday muammolar bor edi, biroq Usmon o‘z ustida ishladi va tartibli futbolchiga aylandi. Man hozir is’tedod va salohiyat haqida gapiryapman. Farq shundaki, Erling och qolsagina shu darajaga etadi, Jeydon jilmayishda davom etsa, Jud esa ikkisini birlashtirishi kerak deb o‘ylayman", - dedi Terzich.

Ma’lumot uchun, Jeydon Sancho joriy mavsumni ijara asosida "Aston Villa" safida harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!