
"Omadli taqvim" o‘yinining o‘ninchi soni bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, SPORTS.uz internet axborot nashri "Omadli taqvim" deya nomlangan sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygan. Bugun mazkur o‘yinimizning 10-soni Siz azizlarga taqdim etiladi.
O‘yinimiz soat 12.00 da bo‘lib o‘tadi.
12:21 Shu tariqa "Omadli taqvim"ning o‘ninchi soni yakunlandi! Salomat bo‘ling!
12:20 Shuningdek, 115 nafar ishtirokchi baraban tanlagan 6 raqamning beshtasini to‘g‘ri topgan va ushbu ishtirokchilarimizga Redmi smartfonining tannarxi pul ko‘rinishda taqsimlab beriladi
12:19 Shunday bo‘lsada, xodimlarimiz ushbu abonent bilan xali yana albatta bog‘lanishadi va ushbu xushxabarni etkazishadi
12:18 Ushbu baxtli insonga operatorlarimiz ulanishga harakat qilib ko‘rishdi, ammo raqam bloklangani ma’lum bo‘lmoqda
12:17 +99893 XXX-47-44 abonenti iPhone X, noutbuk, televizor, gaz plitasi, muzlatkich va kir yuvish mashinasiga ega chiqdilar
12:16 7-28-5-3-23-13 raqamlarini to‘g‘ri topgan ishtirokchi topildi!
12:15 Diqqat qiling, bizda g‘olib bor!
12:13 So‘nggi raqam - 13!
12:11 So‘nggi raqamni aniqlash jarayonida baraban dastlab 7, so‘ng 3 raqamini tanladi va bu raqamlar bugungi sonimizda o‘ynalgani bois urinish qayta amalga oshiriladi
12:11 Diqqat qiling, so‘nggi raqam aniqlanadi
12:10 10 nafar hamyurtimiz bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishi aniq bo‘ldi
12:09 Beshinchi raqam - 23
12:09 To‘rtinchi raqam - 3
12:08 To‘rtinchi raqamni aniqlash jarayonida baraban ko‘rsatkichi ikki raqam o‘rtasiga tushib qoldi va urinish qayta amalga oshiriladi
12:08 Uchinchi raqam - 5
12:07 Ikkinchi raqam - 28
12:07 Birinchi raqam - 7
12:06 Ishtirokchilardan bizga yuborgan SMSlarini yana bir bor tekshirib olishlarini so‘raymiz
12:05 Demak biz boshladik, barchaga omad tilaymiz
12:02 Ayni vaqtda boshlovchi Bekzod Isaev o‘yinimiz shartlari bilan ishtirokchilarni yana bir bor tanishtirib o‘tmoqda
12:00 Diqqat qiling, biz efirdamiz
11:53 Efir oldidan so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda
11:50 Assalomu alaykum qadrli do‘stlar! "Omadli taqvim"ning o‘ninchi soniga xush kelibsiz
Fikrlar