
Omar Abdulrahmon O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi. BAAning tarkibi ma’lum bo‘ldi (foto)
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-16 oktyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida 12 oktyabr kuni BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
BAA terma jamoasining mazkur bellashuv uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bosh murabbiy Xorxe Luis Pinto 29 futbolchini terma jamoaga jalb etgan.
BAA terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun tarkibi
Ali Xusaif, Xalid Eysa, Adel Al-Xosani, Muhammad Bargash, Abdulaziz Xaykal, Xalifa Al-Xammadi, Muhammad Marzuq, Ismoil Ahmad, Volid Abbos, Faris Jumaa, Yusuf Jabir, Salim Rashid, Xamis Ismoil, Toriq Ahmad, Muhammad Al-Attas, Ahmad Barman, Fabio de Lima, Jassim Yoqub, Bandar Al-Axbabi, Halfan Muborak, Xolid Bavazir, Taxnun Al-Zaabi, Xalil Al-Xammadi, Kayo Kanedo, Harib Abdulloh Suhayl, Ali Muhammad Xalil, Sebastyan Talyabue.
Jarohati bois Omar Abdulrahmon, Abdulloh Ramadan, Ali Solih va Majid Hassan ushbu yig‘inda ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar