O‘q otish. Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar!

  • 16.11.2022 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Koreya Respublikasining Tegu shahridan yana bir xushxabar. Mazkur shaharda o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medal qo‘lga kiritdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, bu safar ham 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy yo‘nalishdan so‘ng bugun yoshlar jamoamiz ham shohsupaga ko‘tarildi. Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov hamda Nuriddin Nuriddinovdan iborat trio kumush medalni kiritdi.

1-o‘rin Hindiston
2-o‘rin O‘zbekiston
3-o‘rin Koreya Respublikasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!