Oqgul Omonmurodova Frantsiyada g‘olib bo‘ldi

  • 4 noyabr, 2019, 10:23
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Frantsiyaning Nant shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘tkazilgan turnirda Oqgul Omonmurodova g‘alaba qozondi.
 
Tennischimiz musobaqaning juftlik bahslarida gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan tandem hosil qildi. Oqgul va Ekaterina so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Vivian Xeisen hamda rossiyalik Yana Sizikovani 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
 
Ushbu g‘alaba O.Omonmurodova va E.Gorgodzega musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Yakkalik bahslarida esa chempionlik ispaniyalik Kristina Buskaga nasib qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!