O'Rayli APLdagi chempionlik poygasi haqida: "Biz qon hidini sezyapmiz"

  • 23.03.2026 23:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko O'Rayli Angliya Premier-ligasida "Arsenal"ga qarshi kechayotgan chempionlik kurashi haqida fikr bildirdi.

22 mart kuni "shaharliklar" Angliya Liga kubogi finalida londonliklarni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Uchrashuvda O'Rayli dubl qayd etib, jamoasiga 2:0 hisobida g'alaba keltirdi.

"Biz o'zimizga ishonamiz, bunga qodir ekanimizni bilamiz. Ular bizning maydonimizga kelishi kerak, bu esa oson joy emas. Bu mavsumda buni hamma ko'rdi. Biz qon hidini sezyapmiz va shu ruhda davom etishimiz kerak", — dedi futbolchi.

Ayni paytda Gvardiola shogirdlari chempionat peshqadami bo'lib turgan "Arsenal"dan to'qqiz ochkoga ortda bormoqda. Ikki jamoa o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv 19 aprel kuni "shaharliklar" maydonida bo'lib o'tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!