Origi "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 11.07.2019 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Divok Origi klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli belgiyalik futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq yillik shartnomaga imzo chekkan. Aytish lozimki, uning avvalgi kelishuvi 2020 yilga qadar imzolangan edi.

Ma’lumot uchun, Origi o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!