"O‘rnimga boshqasi keladi" - Superligaga qaytgan "Lokomotiv"da bosh murabbiy o‘zgaradi

  • 1 noyabr, 2023, 13:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yil pro ligada ishtirok etgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi kutilganidek 1-o‘rin bilan Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Pro liga g‘olibi sifatida yana kuchlilar safiga qaytgan “temiryo‘lchilar” ligada  yana avvalgi mavqeini tiklash ilinjida.

Ammo ta’kidlash kerakki, jamoa pro ligada o‘ziga yarasha oson bo‘lmagan uchrashuvlarni ham o‘tkazdi. Bir so‘z bilan aytganda, “Lokomotiv” bir jamoa sifatida oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli ado etdi.

Lekin yangi mavsumda jamoada albatta o‘zgarishlar bo‘ladi. Pro liga musobaqasi yakuniga etganidan keyinoq bu ishlar boshlab yuborildi. Sababi, “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Denis Korostichenko klub bilan xayrlashgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu xabarni eshitishimiz bilanoq Denis Vladimirovich bilan bog‘landik.  

- Denis Vladimirovich, klubdan ketishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Boshqa murabbiy keladi!

- “Lokomotiv” Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va vazifani bajardi. Shunday ekan, ketishingiz sizningcha to‘g‘rimi?

- Rahbariyat shunaqa qarorga keldi. Boshqa so‘z yo‘q.

denis3_13

- Aslida ham mavsum yakunida xayrlashishingizni bilarmidingiz?

- Oxirga o‘yindan keyin kichikroq yig‘ilish bo‘lgandi. O‘shanda bizni masalamizni, ya’ni, qolish yoki ketishimiz haqida o‘ylashayotganini aytishgan.

- “Lokomotiv” siz uchun qadrli edi. Bu jamoani tark etish og‘ir bo‘ldimi?

- Menga jamoani boshqarish imkoniyatini taqdim etgani uchun To‘labek Akramovga minnatdorchilik bildiraman. Ketish hech qachon oson bo‘lmaydi, ayniqsa, bu sizning qaroringiz emas, balki klubning qarori bo‘lsa! Lekin bu holat ishimizning bir qismi.

- Endi keyingi rejalaringiz qanday?

- Hozircha uydaman. Keyingi yilga ish topaman, Xudo xohlasa.

denis_4

- Jamoaga nima berdim va nima o‘rgandim, deya olasiz?

- O‘zim uchun ko‘p narsa o‘rganib oldim. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Lokomotiv” Superligada sizga ishonmadimi?

- Balki shundaydir.

Ko‘rib turibsizki, Korostichenko ketganini tasdiqladi va rahbariyatning qarorini to‘g‘ri qabul qildi. Biroq klubdan ketish murabbiyning tashabbusi emas. Shunchaki, “Lokomotiv” rahbariyati yangi mavsum uchun jamoaga boshqa murabbiyni olib kelmoqchi. Tez orada klubda yana boshqa o‘zgarishlar ham bo‘lishi kutilmoqda.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
998992832277 Дедашов Икрамжон Исманович
01/11/2023 19:40
Локо олдига юкори максад ку́ймокда шу максад ку́ймокда,шунинг учун ишни ку́зини биладиган Бабаянга у́хшаган балки Уни у́зини олиб кемокчидир
Бабаян аввалги тайинланганда ишини тугата олмаган шуни тугатар