O‘rtoqlik o‘yini. OKMK yirik hisobda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

  • 25.02.2025 20:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Superliga ishtirokchilari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O‘rtoqlik o‘yini doirasida OKMK va "Sho‘rtan" jamoalari to‘qnash keldi. Bahs 30 daqiqadan tashkil topgan to‘rtta taymdan iborat bo‘ldi.

Mazkur bellashuvda OKMK yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlarning gollariga Nodirbek Abdurazzoqov (23), Ajak Riak (35), Akbar O‘ktamov (70), Naoaki Senaga (86) va Abror Karimov (97) mualliflik qildi. G‘uzorliklarning yagona goli esa 42-daqiqada Timur Mamasidiqov tomonidan kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!