O‘rtoqlik o‘yini. Turkiya yig‘ini doirasida "Bunyodkor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Surxon" mag‘lub bo‘ldi

  • 19.01.2026 22:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirayotgan "Bunyodkor" va "Surxon" bugun nazorat oʻyinlarini oʻtkazdi.

"Bunyodkor" Makedoniyaning "Sileks" jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. "Qaldirgochlar" safida ushbu oʻyinda Dmitriy Pletnyov  hamda Bilolxon Toshmirzayev gol mualliflari boʻlishdi.

Shuningdek, "Surxon" Rossiyaning "Orenburg" klubiga yirik 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. Termikliklarning yagona golini esa Stiven Chinedu  kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!