O‘rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" 2 ta to‘p farqi bilan yutqaza turib, yakunda g‘alabani ilib ketdi
Halqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida Angliyaning "Manchester Siti" klubi Yaponiyaning "Yokogama" jamoasiga qarshi saf tortdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bahsda "shaharliklar" 5:3 hisobida zafar quchdi.
Manchesterliklar safida gollarga Stounz, Alvares, Xoland (dubl) va Rodri mualliflik qildi. Yaponiyaliklarning 3 golini Anderson Lopes, Ken Matsubara va Kenta Inue kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" 26 iyulda "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar