O‘rtoqlik uchrashuvi. "Manchester Siti" "Milan"ga yutqazdi

  • 28 iyul, 2024, 05:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" va "Milan" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy bergan bahsda rossonerilar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Erling Xoland hisobni ochgan bo‘lsa, Lorentso Kombo 30 va 34-daqiqalarda gol urib dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Jeyms Makati hisobni tenglashtirdi. O‘yin so‘nggiga yaqin Marko Nasti jamoasining g‘alaba to‘pini kiritdi. 

Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!