O‘rtoqlik uchrashuvlari. "Arsenal" va "Milan" raqiblari darvozasiga 3 tadan gol urdi

  • 08.12.2022 22:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Qatarda jahon chempionati davom etayotgan bir paytda Evropaning grand klublari o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.

Jumladan, bugun “Arsenal” “Lion”ga qarshi, “Milan” esa “Lumetstsane”ga qarshi bahs olib bordi.

Shu kuni “kanonirlar” raqibi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan bo‘lsa, “rossonerilar” ham raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi. Biroq, Milan klubi “Arsenal”dan farqli ravishda o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!