O‘runov kechagi bahsning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi
Xabaringiz bor, kecha "Spartak" Rossiya kubogi doirasidagi uchrashuvda "Rodina" ustidan 5:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Biz uchun muhimi, ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Oston O‘runov to‘liq harakat qildi va moskvaliklar safidagi debyut golini urdi.
Ushbu uchrashuvni sharhlab borgan jurnalist Shamil Garjiev Ostonni ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etdi:
"Bugungi o‘yinda "Spartak" Moskvaning juda ko‘p futbolchilari yaxshi harakat qildi: Sobolev, Zobnin, Ayrton. Menga qolsa, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Oston O‘runov. Nafaqat, uning super goli, balki maydon bo‘ylab aqlli harakatlari sabab bu fikrni bildirmoqdaman. "Rodina"ning xavfli hujumlarini qaytarishda uning xizmati katta bo‘ldi.
Golni ham yuqori texnik mahorat bilan darvozaga joyladi", - dedi sharhlovchi.

Fikrlar