O‘runovni ayblagan Yuran Rossiya futbol ittifoqi imijiga ham putur etkazmoqda!

  • 21 dekabr, 2020, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sobiq futbolchi va ayni paytda “SKA-Xabarovsk” jamoasini boshqarayotgan Sergey Yuranning “Spartak”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov haqidagi ayblovlari ortidan kelib chiqqan munozaralar hali yakunlanmaydiganga o‘xshaydi.

Xabaringiz bor, Sergey Yuran ommaviy axborot vositalarida Oston O‘runovning yoshi 4-5 yilga kichraytirilganini ta’kidlagan, keyinroq buni unga O‘zbekistondagi tanishlari aytgani va hammaning xabari borligini iddao qilgandi. Bunga nisabatan, “Spartak” klubi rasman raddiya berdi o‘zbekistonlik va rossiyalik ko‘plab mutaxassislar va futbolchilar ham Yuranning noto‘g‘ri gapirganini aytib, undan isbot talab qilishdi. Shuningdek, Ostonning yoshi urilmaganini isbotlash ilinjida ommaviy axborot vositalarida chiqish qilganlar ham bo‘ldi.

RIAN_3154768.HR-pic4_zoom-1500x1500-81137

Eng ahamiyatlisi, mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga mas’ul tashkilot – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Oston O‘runov masalasiga doir rasmiy bayonot berdi.

Ushbu bayonotda, O‘runovning mamlakatning turli darajadagi terma jamoalarida o‘ynagani, Osiyo futbol konfederatsiyasi talabiga ko‘ra, o‘smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalari a’zolari, xususan, Oston ham muntazam Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o‘tkazilgani, uning yoshi kichraytirilmagani o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Oston O‘runov nafaqat mamlakatimiz, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan ekani, futbolchiga nafaqat Rossiya va Evropaning boshqa klublaridan jiddiy qiziqish katta ekanini inobatga olib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yuranning isbot talab gaplari Oston O‘runovning obro‘siga putur etkazgani, butun O‘zbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya solganini ta’kidlagan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sergey Yurandan Oston O‘runovning yoshi bo‘yicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini, O‘zbekiston futbol jamoatchiligidan rasman uzr so‘rashini talab qilgan. Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qo‘mitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan o‘rganishga hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga, o‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi obro‘siga putur etkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora ko‘rishga chaqirgan.

Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi ushbu murojaatni bee’tibor qoldirmadi.

Etika qo‘mitasi rahbari Semyon Andreev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Yuranga ish ochilishi uchun Rossiya futbol ittifoqi rahbariyatiga rasman murojaat qilishi kerakligini ta’kidladi.

- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu ish bo‘yicha RFI rahbariyatiga rasman murojaat qilishi kerak. Chunki reglamentga ko‘ra, Etika qo‘mitasiga faqatgina RFI rahbariyati murojaat qilishi mumkin, - dedi Semyon Andreev.

Bundan tashqari, Etika qo‘mitasi a’zosi Andrey Sozin ham Sergey Yuranning iddaosi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi.

- Yuran juda katta bayonot berdi va uni yuqori darajada eshitishdi. Bu xabarni butun mamlakat o‘qidi. Bunaqa ayblovlarni omma e’tiboriga havola etishdan oldin, kuchli dalillarga ega bo‘lish kerak.Etika qo‘mitasi a’zolari mustaqil ravishda majlis tayinlash va kun tartibini shakllantira olmaydi. Rossiya futbol ittifoqi rahbariyatiga murojaat orqali bunga erishish mumkin.

Biz mavsum boshida Sergey Yuranning iddaolarini muhokama qilgandik. U bir marta jazolangan. O‘sha paytda u futbol industriyasining a’zosi emasdi, chunki jamoasi yo‘q edi. Shuning uchun ham chora qattiq bo‘lmagan. Hozir vaziyat boshqa. O‘rtada RFI imiji turibdi. Buni jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak, - dedi Andrey Sozin.

1280_864_max (2)_3

Ta’kidlash joizki, bundan avvalroq, “Spartak” klubining Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Anton Fetisov  Oston O‘runovning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar “SKA-Xabarovsk” bosh murabbiyi Sergey Yuran iddaolariga qanday munosabatda bo‘lishini bildirgan edi.

- Mendagi ma’lumotlarga qaraganda, Oston O‘runovning vakillari Etika qo‘mitasiga rasman murojaat qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, - degan Anton Fetisov.

Ko‘rinib turibdiki, shu bilan bu masala yakunlangani yo‘q. Endi yurish navbati O‘FAda. Demak, masala echimini kutamiz...

O‘runovdan Yuranga javob yurishi! Oston nima qilmoqchi?

O‘runovning yoshi kichraytirilganmi? Mashhur futbolchi Ostondan shubhalanmoqda!

O‘runovning yuzi yorug‘ bo‘ldi, Yuranniki esa...

Kanchelskis Yuranni tanqid qilib, O‘runov atrofidagi vaziyat qachon o‘zgarishini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
20/12/2020 09:20
Алкаш