
O‘runovning narxi tushib ketdi, Ibrohimxalilda o‘sish bor. Yoxud RPLda to‘p surayotgan futbolchilarimizning yangilangan transfer narxi e’lon qilindi
Dunyoga mashhur transfermarkt portali Rossiya premer-ligasida to‘p suruvchi futbolchilarning yangi transfer narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mavsumni “Ufa” safida ijarada o‘tkazayotgan va huquqiy jihatdan “Spartak” klubiga tegishli bo‘lgan Oston O‘runovning transfer narxi 200 ming evroga pastlagan va 1 mln evro etib belgilangan.
Aksincha, “Nijniy Novgorod”dagi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev esa 300 ming evroga oshgan. Uning ayni damdagi transfer narxi 800 ming evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar