O‘sha kun keldi! Bugun eng uzoq vaqt kutilgan Evropa chempionati start oladi!

  • 11.06.2021 04:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Bugun eng uzoq vaqt davomida kutilgan Evropa chempionatiga start beriladi. 2020 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu musobaqa pandemiya tufayli bir yilga kechiktirilgandi.

Turnirning ilk bellashuvida Turkiya asosiy favoritlar safida e’tirof etilayotgan Italiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59 da start olishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Evropa chempionatining amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi sanaladi. Ular 2016 yil Frantsiyada bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligi finalida aynan mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!