
O‘sha kun keldi! Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan o‘ynaydi
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralashi doirasidagi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi. Unda vakillarimizga Eron termasi raqiblik qiladi.
Bellashuvda "oq bo‘rilar" oq libosda harakat qiladi, raqiblar esa qizil formada o‘ynaydi. Terma jamoamiz so‘nggi mashg‘ulotni to‘liq tarkibda o‘tkazdi va hamma sog‘ holatda. Forslarda ham jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, O‘ZBEKISTON - ERON uchrashuv bugun soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.
Fikrlar