Osiyo boks konfederatsiyasi: Eng yorqin yulduz Hasanboy Do‘smatov bo‘ladi

  • 14 aprel, 2017, 10:14
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

  

Tecno

Joriy yilning 30 aprel – 7 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati oldidan Osiyo boks konfederatsiyasi musobaqaga bag‘ishlangan maqolasini e’lon qildi.

Maqolada Osiyo boks konfederatsiyasi Toshkentdagi musobaqa qit’aning eng kuchli bokschilari uchun yilning eng nufuzli anjumani hisoblanishini ta’kidlagan. Chunki bu turnir shu yilning avgust oyida Germaniyada bo‘ladigan jahon chempionatiga yagona saralash musobaqasi hisoblanadi. Jahon chempionati uchun Osiyoga 60 ta litsenziya ajratilgan. Har bir vazn toifasida oltitadan eng kuchli bokschi jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Xurshid Normatov: Eng yaqin do‘stim - Hasanboy Do‘smatov!

Ayni paytda Osiyo chempionatida qatnashish uchun qit’amizning 29 ta mamlakatidan 200 nafardan ortiq bokschi ro‘yxatga olingan. Bulardan tashqari, musobaqalarga zaxira tarkiblaridagi bokschilar ham qo‘shiladi.  Chempionatda 1977-1998 yillarda tug‘ilgan bokschilar qatnashishi mumkin.

Hasanboy Do‘smatovning izdoshlari g‘oliblik uchun kuch sinashdi

Toshkentdagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir qatorda Xitoy, Hindiston,  Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston terma jamoalari to‘liq tarkib – o‘ntadan bokschi bilan ishtirok etadi.

Osiyo boks konfederatsiyasi Toshkentda Rio Olimpiadasi qahramonlari ham ringga chiqishini ma’lum qilib, Osiyo chempionatining eng yorqin yulduzi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempioni, Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do‘smatov bo‘lishini alohida ta’kidlagan.

Hasanboy Do‘smatovdan tarixiy natija kutyapmiz

Shuningdek, Toshkent ringlariga o‘zbekistonlik olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohiblari – Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziev, Olimpada bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliev ko‘tariladi. Shuningdek, Olimpiya o‘yinlari finalchisi – qozog‘istonlik Vasiliy Levit va bronza medal sohibi mo‘g‘ulistonlik Dordjnyambuu Otgondalay ringga chiqadi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatlari 1963 yildan buyon o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrida qit’amizning boks bo‘yicha eng nufuzli musobaqasi 1995 va 1999 yillarda katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazilgan.  

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!