“Osiyo bolalari-2022”. Sportchilarimiz mashg‘ulotlarni boshladi

  • 28 iyul, 2022, 11:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

O‘yinlarda ishtirok etish uchun etib kelgan turli mamlakat terma jamoalari suv havzasi yo‘laklarida dastlabki rasmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

Tecno
“Osiyo bolalari-2022” VII xalqaro sport o‘yinlariga etib borgan yosh sportchilarimiz bugunning o‘zida mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi. Jumladan, “Olimpiyachi” sport majmuasida suzish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolarining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, suzish musobaqalari 29, 30, 31 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada 174 nafar (101 nafar o‘g‘il bola, 73 nafar qiz) hamyurtimiz sportning 17 ta turida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!