Osiyo chempionati. 10 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi!

  • 08.08.2025 18:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Kun davomida U-19 terma jamoamizdan 12 nafar bokschi final uchun o‘z bahslarini o‘tkazdi.

Bugungi birinchi yarim final bahsida, -48 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Maftuna Musurmonova Vetnam vakilasi Thao Than Lusni qiyinchiliksiz taslim etdi - 5:0;

Sevara Mamatova -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, qozog‘istonlik Alina Kudaigenovaga hech qanday imkon qoldirmadi. Sevara jang davomida raqibasini nokdaun holatiga ham tushirdi - 5:0;

Navbatdagi yarim finalda, Rayhona Qurbonboeva -70 kg vaznda qirg‘izistonlik Zarina Asanovani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

-75 kg da Maftuna Yangieva xitoylik Tongtong Guga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, bronza medali bilan musobaqani yakunladi;

-80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Ruxshona Parpieva qozog‘istonlik Kuralay Eginbaykizidan 0:5 hisobida engilib, chempionatni uchinchi o‘rinda tugatdi;

-60 kg vaznda o‘tkazilgan yarim finalda, Abdurahmon Mahmudjonov qozog‘istonlik Tortubek Adiletga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi;

Jahongir Zayniddinov -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, xitoylik Yuheng Lini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi - 5:0;

Abdulaziz Jo‘raqulov ham finalga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda eronlik Saleh Roozbahanini 5:0 hisobida taslim qildi;

Muhammadjon Yaqupboev  -75 kg vaznda qirg‘izistonlik Usman Kaparovdan 5:0 hisobida ustun keldi;

Norbek Abdullaev o‘tish bahsida, -80 kg vaznda Janubiy Koreya vakili Heon-Seung Jeongni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;

-85 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Samir Sobirov yana bir Janubiy Koreya vakili Damheon Parkga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

+90 kg da Islam Salihov eronlik Abbas Garshasbi ustidan ochkolar evaziga zafar quchdi.

Eslatib o‘tamiz, +80 kg vazndagi Sobiraxon Shaxobiddinova qur’aga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!