
Osiyo chempionati. Dzyudochilarimiz Bangkok shahriga etib bordi
Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz musobaqa manzili - Bangkok shahriga etib borishdi.
Xabar berganimizdek, 25-28-aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan sportchilar Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqishadi. Ular orasida to‘liq tarkibdagi O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham bor. Muzaffarbek To‘raboev jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.
Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkib:
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Mardon Ravshanov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurullaeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar