Osiyo chempionatining ikkinchi kunida to‘rtta medal!
Saudiya Arabistonida engil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o‘tib, atletlarimiz 1 ta oltin va 3 ta kumush medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
Sadafbonu Nusratullaeva (2000 metr, to‘siqlar osha)
Kumush medal:
Shohjaxon Xayrullaev (2000 metr, to‘siqlar osha)
Nasimaxon Ma’mirova (2000 metr, to‘siqlar osha)
Sofiya Nikolaeva (ettikurash)
Fikrlar