Osiyo kubogi. Saudiya Arabistoni co‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘man uchrashuvi nominal mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, o‘manliklar hisobni ochdi, 78-daqiqada esa G‘arib ajoyib reydi bilan imkoniyatlarni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bulayhi g‘alaba golini urib ketdi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni "F" guruhida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. O‘man esa 3-pog‘onada.

Fikrlar