Osiyo oʻyinlari-2026: Ahror polvon - Osiyo oʻyinlarida tengsiz!
Aniqroq aytadigan boʻlsak, kurash bellashuvlarining erkaklar oʻrtasidagi -81 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Ahror Ziyodullaev soʻnggi hal qiluvchi final bosqichida eronlik Ramin Ahmadzode uztidan gʻalaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga oʻn ikkinchi oltin medalni keltirdi.
Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilayotgan XX Osiyo oʻyinlarining bugungi dasturidan oʻrin olgan kurash musobaqalarida polvonlarimiz 2 ta oltin, bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Medallarimiz soni 12 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 41 taga yetdi.

Fikrlar