Osiyo oʻyinlari-2026: Ikki kurashchimiz toʻqnash kelib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

XX Osiyo oʻyinlarining 28 sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Xususan, kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari -78 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Shohista Nazarova va Pokizaxon Kamoliddinova yarim final bosqichida oʻzaro toʻqnash keldi. Unda Pokizaxon gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldi. Shohista esa bronza medalga sazovor boʻldi.

Pokizaxon Kamoliddinova Osiyo oʻyinlari chempionligi uchun hal qiluvchi bahsda Sumin Moga (Janubiy Koreya) qarshi raqobatlashadi.

Ayni damda Oʻzbekiston delegatsiyasining medallari soni 10 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 39 taga yetdi. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!