Osiyoning eng kuchli klublaridan birini boshqarayotgan murabbiy APLda ishlamoqchi

  • 09.05.2020 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kelajakda Angliya premer-ligasi klublarida ishlash istagi borligini aytdi.

“Men APLda ishlashni xohlardim. Men ushbu liganing barcha o‘yinlarini tomosha qiliman va Angliyadagi futbol madaniyatiga qoyil qolaman. Ha, hozir Osiyoning eng yaxshi klublaridan birini boshqaryapman, ammo Evropada ham o‘z kuchimni sinab ko‘rmoqchiman”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tish lozimki, 2006 yilgi “Oltin to‘p” sohibi bundan avvalroq o‘zi to‘p surgan “Real” Madrid klubini boshqarmoqchiligi haqida ham aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!