Oston O‘runov 2 oy futbol o‘ynamaydi. Chunki...
Rossiyaning “Ufa” klubi rahbariyati o‘z futbolchilariga 30 maygacha uy karantinida qolishlari bo‘yicha xat yubordi. Bu haqda "RB-Sport" xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, bugun Rossiya premer-ligasi ham 30 maydan keyin davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi.
“Ufa” safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oston O‘runov mart oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Fikrlar