Oston O‘runov jamoadoshlariga qo‘shiq kuylab berdi (Video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Oston O‘runov Rossiyaning "Ufa" klubi a’zosiga aylandi.
Tushlik vaqtida Oston O‘runov jamoadoshlariga o‘zbek rep kuychisi Shoxrux Shodmonovning qo‘shig‘ini kuylab berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan yarim himoyachi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini erkin agent sifatida tark etib, 10 fevral kuni "Ufa" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, "Ufa" Rossiya premer ligasining 19-turidan so‘ng, 25 ochko to‘plagan holda, 7-o‘rinni egallab turipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!