Oston O‘runovga Germaniyadan aniq taklif bor

  • 09.08.2020 17:23
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha kun avval "Ufa"dan "Spartak" klubiga Oston o‘runov ko‘chib o‘tdi. Ammo uning atrofida hali ham transfer yangiliklari tinmayapti.

Rossiya terma jamoasining sobiq matbuot kotibi Ilya Kazakov hamyurtimizga Germaniyadan aniq taklif borligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, "Gerta" klubi O‘runov uchun 5 million evro berishga tayyor.

Ammo "Spartak" bu narxga yarim himoyachini sotmasligi aniq. Jamoa O‘runovni undan ko‘proq summaga qo‘yib yuborishi mumkin.

"Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov Oston O‘runov uchun 5-6 million evrolik taklif borligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
09/08/2020 18:03
А йуге куйсангчи, хазилам эви биланда
Н. М.
09/08/2020 18:46
Озгина нозланяптида Спартак