Oston O‘runovning yangi jamoasi o‘z logotipini o‘zgartirmoqchi
Rossiyaning “Ufa” klubi bosh direktori Shamil Gazizov jamoa o‘z logotipini o‘zgartirmoqchiligini aytdi.
“Biz faqatgina emblemani ranglarini o‘zgartirmoqchimiz. Rebrending haqida gapirmayapmiz. Biz faqat o‘zimizga mosini qidiryapmiz.
Buni kim hal qiladi? Klubning o‘zi”, - deydi Gazizov.
Eslatib o‘tamiz, bugun “Ufa” O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi. Jamoa ayni damda premer-ligada 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar