Otabek Jo‘raqo‘ziev: "Shatskix ko‘p narsalar o‘rgatgan va hozir ham o‘rganyapman"

  • 20 iyul, 22:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubining yozgi transferlaridan biri – bu “Paxtakor”dan taklif qilingan iqtidorli hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziev hisoblanadi.

Tecno

U jamoaning Tojikistondagi yig‘inida boshqa futbolchilar qatori faol ishtirok etmoqda va o‘zini ko‘rsatish ishtiyoqida mehnat qilyapti.

Otabek Jo‘raqo‘ziev kuni kecha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Otabek, "Andijon"ning yangi a’zosi sifatida o‘zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Assalomu alaykum! Jamoaga qo‘shilganimdan xursandman. O‘zimni juda a’lo ravishda his qilmoqdaman.

- Mashg‘ulotlarda va jamoaning ichida ko‘rdikki, siz xuddi oldindan "Andijon"da o‘ynayotgandek, eski futbolchilardek tasavvur uyg‘otyapsiz. Moslashib ketish ortiqcha muammo tug‘dirmadi, nazarimda, shunday emasmi?

- Moslashish qiyin bo‘lmayapti. Chunki jamoadagi ayrim fubolchilar bilan birga harakat qilganmiz, ayrimlari bilan olimpiya termasida birga o‘ynaganmiz. Shu bois moslashish qiyin kechmayapti.

- Aslida "Paxtakor"dan ketishingiz va "Andijon"ga o‘tishingiz nima bilan bog‘liq?

- Qisqa qilib aytganda, o‘yin amaliyoti.

- Jamoa muxlislariga qanday aytar so‘zingiz bor?

- “Andijon” muxlislari markaziy Osiyoda eng zo‘rlaridan deb bilaman. Bunday muxlis to‘la maydonda o‘ynash har doim yoqimli bo‘lgan. Uy uchrashuvlarini intiqlik bilan kutmoqdaman.

- Maksim Shatskix ham kuchli hujumchi bo‘lgan va endi siz uning qo‘l ostida o‘ynaysiz. Siz ham hujumchisiz va bu hol Shatskix boshchiligida yanada "ochilishingiz"ga xizmat qiladi, deb o‘ylaysizmi?

- Albatta, Maksim Shatskix qo‘l ostida “Paxtakor”da ham o‘ynagaman. Ko‘p narsalarni o‘rgatganlar. Hozir ham o‘rganyapman va yana o‘rganishda davom etaman.

- Shatskixning o‘yinlarini eslay olasizmi? Masalan, qaysi o‘yinlari yoki gollarini?!

- Biz u paytda yosh bo‘lganmiz. Lekin telefon orqali ko‘rgaman. Milliy termada eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lgan. Gollariga kelsak, eng mashhur gollaridan biri “Real” Madridga urgan gollarini ko‘rganman.

- "Andijon" safida dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdingiz, qanday taassurot qoldirdi?

- Birinchi uchrashuvni o‘tkazdik, yaxshi o‘yin bo‘lib o‘tdi, deb ayta olaman. Hozir jismoniy yuklamalar bilan harakat qilyapmiz, kamchilik ham bo‘ldi. Lekin uni ustida ishlab, muxlislarimizni Superliga va OChL uchrashuvlarida xursand qilamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!