
Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilgan joydagi kam ta’minlangan oilalarga kunlik mahsulotlarni xayriya qildi. Sizchi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov savobli ishga qo‘l urdi.
U o‘zi tug‘ilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga kunlik ishlatiladigan mahsulotlar (kartoshka, piyoz, un, yog‘, go‘sht va hokazolar)ni taqdim etdi. O‘z navbatida, futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining sahifasida boshqalarni ham savobli ishga chorladi.
Shunday pallada Otabek Shukurov ehtiyojmand oilalarga yordam berdi. Sizchi? Sizda ham imkoniyat bo‘lsa, yaqinlaringiz va undan ortsa boshqalarga ham yordam qo‘lini cho‘zing. Sinovli kunlarda bir-birimizga yordam beraylik.
Bu orqali Shukurov xayriya chellenjiga qo‘shildi. Siz ham chellenjda ishtirok eting!!!
Fikrlar