O‘tgan mavsum APLda birorta ham o‘yinda ishtirok etmagan "Chelsi" futbolchisi boshqa jamoaga ko‘chib o‘tdi

  • 08.08.2019 22:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Deniel Drinkuoter yangi mavsumni “Byornli”da o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 29 yoshli futbolchini mavsum yakunigacha ijaraga berishgan.

Ma’lumot uchun, Drinkuoter o‘tgan mavsum Mauritsio Sarri qo‘l ostida APLda "birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!