O‘tgan mavsum chempionat doirasida "Navbahor" va "Olimpik" o‘rtasidagi ikkala bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmagan (prevyu)

  • 27 may, 2023, 18:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 12-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Toshkentning “Olimpik” klubini qabul qiladi.

Tecno

“Olimpik” jamoasi 2021 yilda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) tashabbusi bilan 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga puxta hozirlik olib borish maqsadida, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan  tuzildi va o‘sha yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda Superligaga o‘tish bahsida Muborakning “Mash’al” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 2022 yildan Superligada qatnashmoqda.

“Olimpik” tarkibi o‘zagini asosan, 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar tashkil etishadi. Jamoani esa yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Temur Kapadze boshqarmoqda.

Xabaringiz bor, o‘tgan yilning yozida yurtimizda bo‘lib o‘tgan U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 termasi tarkibi o‘zagini “Olimpik” futbolchilari tashkil etishdi hamda U-23 terma jamoamiz finalga qadar etib borib, vitse-chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada mahoratlarini oshirgan yigitlar 2023-2024 yillarda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Qayd etish joiz, aynan 2001 va 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishlari mumkin.

O‘zbekiston – U-23 olimpiya termasi 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar etib borsa, yurtimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritiladi.

“Navbahor” va “Olimpik” klublari Soca Cola Superligasida o‘tgan mavsumda 2 ta o‘yin o‘tkazishgan hamda ikkisida ham 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. 

hrth

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari:

                          2022 yil

05.07.2022.  “Olimpik” – “Navbahor” – 1:1 (1:1)

Gollar: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (39) - Jamshid Iskanderov (2).

25.10.2022. “Navbahor” – “Olimpik” – 1:1 (0:1)

Gollar: Jamshid Iskanderov (86) - Muhammadqodir Hamraliev (42).

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Olimpik” uchrashuvi 28 may kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!