
O‘tgan o‘yinda darvozani ishg‘ol etgan Shomurodov bu safar asosiy tarkibda maydonga tushadimi?
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi navbatdagi o‘yinni mehmonda o‘tkazadi.
A Seriya 23-turidan o‘rin olgan bahsda Joze Mourino boshchiligidagi rimliklar "Empoli"ga qarshi maydonga tushadi. Italiya OAV mazkur bellashuv uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Unga ko‘ra legionerimiz o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Italiya kubogi doirasidagi "Lechche"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etgandi.
Fikrlar