
O‘yindan haydalgan Flik “Barsa” g‘alaba qozona olmagani sababini aytdi
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” 16-turda “Betis” mehmoni bo‘lib, ikki ochko yo‘qotdi.
Kataloniyaliklar ikki marta hisobda oldinda borganiga qaramay, raqib bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi. Uchrashuvda “Barsa” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bosh hakamga e’tiroz bildirgani bois qizil kartochka oldi.
O‘yindan keyin germaniyalik mutaxassis o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Men jamoam o‘yinidan ham, o‘zimdan ham umuman qoniqmadim. Biz qulay vaziyatlarni qo‘ldan chiqardik. Biz yaxshi o‘ynay olmadik. Bunaqa kamchiliklarni yo‘qotishimiz kerak.
Raqib maydonida o‘ynar ekanmiz yanada kuchli harakat qilish lozim. Bizda sifat bilan birga bir talay kamchiliklar ham bor.
Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatdan juda qattiq e’tiroz qildim, deb o‘ylamayman. Kerak bo‘lsa, videotakrorni ko‘rib chiqish kerak. Tabiiyki, qilmishimdan faxralana olmayman. Men nimadir dedim va hakam to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi, - dedi Xans-Diter Flik.
Fikrlar