O‘zbegimni sharmanda qilmang, janob Kuper!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiya mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Bizga kuchli termalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari nimaga kerak edi? Borimiz shu deysizmi? Yo‘q, bizda kuchli, iqtidorli futbolchilar aslida etarli. Turklar bilan o‘yinda evropaliklar go‘yo ochiqchasiga bizdan kuchlidek. Aslida futbolchilarga motivatsiya, o‘zlariga bo‘lgan ishonch etishmadi. Termamizga kuchli, tajribali murabbiy shart emas. Ularga motivatsiya va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni bera oladigan murabbiy kerak. Biz ko‘rganmiz Vadim Abramov davrida o‘sha ishonch-u, motivatsiyalarni. O‘sha biz bilan o‘yinlarda, havotirga tushgan Yaponiya, Janubiy Koreya termalarni ezib yurishardi va hozir ham buni uddasidan chiqa olishadi. Farq esa, hozir yaponlar ham, koreyslar ham bizdan qo‘rqmay qo‘yishdi.
Bizga raqibdan hayiqib, yoshbolalarcha hatolarga yo‘l qo‘yadigan o‘yin uslubi kerak emas.
Yaxshiyam-ki, turklar penaltidan gol ura olishmadi va bir qator vaziyatlardan foydalana olishmadi. Umuman bor kuch, mahorat bilan oldinga intilavermay, hotirjam futbol o‘ynashdi. Aks holda sharmanda bo‘lishimiz turgan gap edi. Biz ko‘rganmiz bu yigitlarimiz bundan-da, yaxshi o‘ynay olishlarini. Ammo Turkiyadan, Evropa bo‘lgani uchunmi, cho‘chib o‘ynashdi. Bu yigitlarga motivatsiya bering o‘zlarini ko‘rsatishadi. Bu Turkiyangizni asosiy futbolchilarini maydonga tushirishga majbur qilib qo‘yishardi.
To‘g‘ri, kimgadur Gvardiola, kimgadur Mourinioning o‘yini yoqadi. Bu normal holatligi ham to‘g‘ri. Ammo yana bir masala bor-ki, Samvel Babayan uslubi kimgadur yoqishiga ishonmayman. Shu qatorda Kuperning uslubi ham millionlab ishqibozlarga hush kelmayapti. Ertaga Babayanning kuni boshimizga tushmasin. O‘zbegimni sharmanda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. O‘zbekiston buyuk va betakror yurt, millat bilan o‘yinda Turkiya kabi jamoalar mashg‘ulot o‘tagandek sharmanda qilishlariga yo‘l qo‘ymang.
Bular haqida aytgim, yozgim kelmaydi. Dilim, qalbim va Vatanga bo‘lgan muhabbatim tinchlik bermaydi. Bitishga ulgurmagan yaralar, mana bunday o‘yinlardan keyin og‘riq, qiynoq beradi va miyyadan qo‘rqinchli hayollar o‘tadi.
Botir Mahkamov
Fikrlar
Уфа дан бошлаш керак...Масалан
Пахтакорни келишилган уйинларию, хакамларни сотиб
олиши исботлансаям хеч кандай чора йок...Навбахор ютиб турган уйинниям Пахтакорга олиб беришади,демак бу ерда бир гап бор..мен иккисиниям мухлиси эмасман...Лекин честьно булайлик
Хамма клубни тенг Курилар..Ха деб
Пойтахт клубларини гапиравермасдан
Фудбўлчиларда ҳам, ёрдамчи мураббийларда, ҳуллас ҳаммасида.Куперда ҳам бор.
Лекин Туркия билан ўйинда яққол сезилди тажриба озлиги. Машарипов ҳам ўйнолмади демак Ўзбекистон қлубларига ва Осиё қлубларига кучи етар экан.
Элдор ҳам яхши ўйнади фақат уни қўлледигон фудбўлчи етишмади ҳуллас фудбўлчиларимиз ўз устида ишлаш керак ҳаракат қилмаса Марадонна ёки Зидан мураббий бўлса ҳам натижа бўлмайди ҳаракат қилиб ўз устида ишласа оддий мураббий ҳам майдонга олиб чиқиб ўйнатади натижага эришади.
Фикрим хато бўлса узр
Ҳайрон қоласан яна, аввал журналистлар ўзидан иш бошлаши керак! Ҳеч бе йўқ, урра урра лозунглар. Популизмдан бошқаси эмас. Қани ўйин ҳақида таҳлил? Таҳлил йўқлиги аввало шу журналистларни ҳам кўпчилиги футбол ҳақида фикр билдираётганда саёз билимидир. Аввало, одам ўзидан бошлаш керак, профессионализм деган тушунчани англаш керак, бўлмаса мундиални тушда ҳам кўрмаймиз. Куперни ёрдамчилари ҳам ОАВ билан танишади ва шунақа ҳайқириқ "мақола"ни ўқиб ўзига яраша фирк қилади ва борларинг ҳам шу экан дейди ....