O‘zbek bokschilari ishtirokida bo‘lajak jang oldidan vazn tortish marosimi o‘tkazildi

  • 16.03.2019 17:21
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ertaga o‘zbekistonlik bokschilar Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov o‘zlarining navbatdagi janglarini Pusan shahrida (J.Koreya) o‘tkazishadi.

Bugun bo‘lajak jang oldidan rasmiy tadbirlar va vazn tortish marosimi o‘tkazildi.

Abdurasul_1

Ertangi jangda Ravshanbek Shermatov mezbon bokschi Jong Sun Gang bilan 6 raundlik jangda ishtirok etsa, Abdurasul Ismoilov boshqa bir koreyalik bokschi Yon Min Kimga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 8 raund etib belgilangan.

Ravshan Shermatov

Ma’lumot uchun: Har ikki o‘zbekistonlik bokschi ham professional ringda 3 martadan jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!