O‘zbek bokschisining murabbiyi Tayson Fyurini navbatdagi jangga tayyorlaydi

  • 13 sentabr, 2020, 17:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) amerikalik Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) bilan ikkinchi jang avvalida o‘z murabbiyini almashtirgan va Sugar Xill Styuart bilan ishlay boshlagan edi.

Tecno

Biz uchun qiziq jihati, ushbu murabbiy qo‘l ostida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (18-0,16 KO) ham mashg‘ulot olib boradi. Ma’lumki, 19 dekabrda AQShning Las-Vegas shtati Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi uchinchi jangga mezbonlik qiladi. Mazkur jangga hozirlik ko‘rish uchun Fyuri Sugar Xill Styuart bilan yana hamkorlikni boshladi.

Sugar Xill Styuart britaniyalik bokschini ushbu muhim jangga tayyorlash uchun uning o‘quv-mashg‘ulot ba’zasiga etib bordi.

Ular o‘rtasidagi birinchi jangda durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi to‘qnashuvda “Lo‘lilar qiroli” nomi bilan mashhur Fyuri g‘alaba qozongan edi.

Shohjahon Ergashev noyabr oyida qozog‘istonlik engilmas bokschiga qarshi jang qilishi mumkin

Shohjahon Ergashevning raqibi ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!