O‘zbek boksining "Oltin avlodi" Osiyoni "titratgan kun" (fotomaqola)

CHERY AUTO

Bundan uch yil oldin, aniqrog‘i, 2017 yilning 6 may sanasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati final uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan. Dastlabki kungi final janglarida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarilib, ularning barchasi oltin medalni qo‘lga kiritishgan edi. Yosh, umidli charm qo‘lqop ustasi Sanjar Tursunov esa JCh yo‘llanmasi uchun kurashda eronlik raqibini mag‘lub etgan.

Tecno

Bugun biz o‘zbek sportidagi ushbu zafarli onlarni yana bir bor yodga olishga qaror qildik.

Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) - Jyavey Jang (Xitoy)

2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori bo‘lmish terma jamoamiz a’zosi ushbu turnirda o‘z vazn toifasida birinchi raqamli bokschi deya saralangan bo‘lsa, uning raqibi ikkinchi raqamli deya qayd etilgan edi.

Murodjon_Ahmadaliev_015

Bokschimiz ushbu qit’a birinchiligidagi o‘z yurishini saralashning ikkinchi bosqichidan boshlagan edi va finalga qadar bo‘lgan yo‘lda barcha janglarini nokaut orqali tugatgan. Ammo, final jangi oson kechmagan, Ahmadaliev ochkolar hisobi bo‘yicha xitoylik raqibini engib, qit’aning eng yaxshi bokschisi bo‘lgan edi.

photo_2020-05-06_22-23-44


Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Shiva Tapa (Hindiston)

60 kg vazn toifasida ringa ko‘tarilgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov Hindiston vakili Shiva Tapa bilan oltin medal uchun kurash olib bordi.

Elnur_Abduraimov_012

Jang davomida raqibini bosim ostida ushlab tura olgan bokschimiz o‘zining chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan tamomlab, termamizga musobaqadagi ikkinchi oltin medalni taqdim etgan.

photo_2020-05-06_22-31-18

Elnur_Abduraimov_017


Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Dong Yun Li (Janubiy Koreya)

75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Isroil Madrimov termamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shgan.

IMG_0587

Hal qiluvchi jangda O‘zbekiston vakili janubiy koreyalik Dong Yung Li bilan qit’a chempionligi uchun jang olib borgan. Yarim finalda olgan jarohati sabab Madrimov yakuniy bosqichdagi jangni oxirigacha davom ettira olmaydi. Biroq, vakilimiz ushbu vaqtga qadar mazkur qarama-qarshilikda ustunlik qilgan va shu bois, hakamlar Osiyo chempionligini Isroil Madrimovga berishga qaror qilishgan.

photo_2020-05-06_22-38-25


Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Erik Aljanov (Qozog‘iston)

81 kg vazn toifasida qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan Bektemir Meliqo‘ziev, boks bo‘yicha Osiyo chempionati davomida o‘zining kuchli zarbalari bilan raqiblarini og‘ir ahvolga solib qo‘ygan edi. Final jangida hamyurtimiz Qozog‘iston vakili Erik Aljanovga qarshi ringga ko‘tarilgan.

bektemir_melikuziev_022

Bektemir Meliqo‘ziev birinchi raundda tashabbusni raqibga berib qo‘yganiga qaramay, keyingi raundlarda jangdagi ustunlikni o‘z qo‘liga oldi va yakunda g‘alaba qozonishni uddalashga erishib, qatorasiga ikkinchi marta qit’ada tengsiz bo‘lgan.

bektemir_melikuziev_024


Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - Salar G‘olamiy (Eron)

91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov eronlik Salar G‘olamiy bilan kuch sinashib, uch raund yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan edi.

photo_2020-05-06_22-52-03

Aynan ushbu g‘alaba Sanjar Tursunovga Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!