O‘zbek legioneriga mashhur murabbiy ham tan berdi!

  • 19 sentabr, 2023, 19:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Boris Ignatev “Sport ekpress” nashriga bergan intervyusida TsSKAning yangi o‘yinchilari – braziliyalik himoyachi Kellven, o‘zbekistonlik hujuskor futbolchi Abbosbek Fayzullaev hamda chililiy forvard Viktor Davilaning salohiyatini baholadi.

image_2023-09-16_23-01-26

— Siz “armiyachilar”ning yangi legionini qanday baholasiz?

— Menga Abbosbek Fayzullaev juda yoqdi. U maydonda begonasiragani yo‘q. Ko‘pchilik o‘yinni buzib qo‘yishdan qo‘rqib, bellashuvlarga kirisha olmaydi. Yangi o‘yinchilar ko‘pinchi shunda xato qiladi.

O‘zbek futbolchisi yosh bo‘lishiga qaramay, o‘yinda mas’uliyatni o‘ziga olishdan qo‘rqmas ekan. U asosiy tarkibdan o‘ziga joy ochyapti.

Eng muhimi, o‘zini TsSKAda azaldan beri o‘ynayotgandek his qilyapti. Juda zo‘r transfer!

— Braziliyalik Kellven, chililik Davilachi?

— Kellven — tartib-intizomli o‘yinchi, katta hajmdagi ishlarni bajaryapti va o‘ng qanotni to‘liq yopishga qodir.

Oddiy futbolchidan usta futbolchining farqini aytaymi?

— Ha...

— Bir harakat bilan o‘yin yo‘nalishini o‘zgartirib yuborish qobiliyati. Malkom, Vendel, Klaudino, Promes — mana shu toifadagi o‘yinchilar.  eto kak raz pro nix. Davila maydonda kutilmagan qarorlari bilan ko‘zga tashlangani yo‘q. U harakatchan, lekin bundan ortiq emas.

photo_2023-08-19_14-04-10-990x555

Ta’kidlash joizki, bugun Rossiya futbolining ko‘plab vakillari Abbosbek Fayzullaevni bejizga maqtayotgani yo‘q.

Rossiya Premer-ligasining sakkizinchi turidan o‘rin olgan TsSKA va “Krilya Sovetov” o‘yinida moskvalik armiyachilar birinchi bo‘limda raqibga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida mezbonlar o‘yinchisi Villian Rosha maydondan chetlatildi. Biroq kam bo‘lib qolganiga qaramay, TsSKA o‘yinda ustunlikni o‘z tomoniga og‘irdi. Bu ishni tanaffusdan keyin maydonga tushgan yangi o‘yinchi – 19 yoshli Abbosbek Fayzullaev uddaladi.

Legionerimiz jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqarishdi, standart vaziyatlar ijrosida, hujum uyushtirishda va raqib darvozasiga xavf solishda faollik ko‘rsatdi. Hisobni 2:2 qilgan hal qiluvchi pas ham Abbosbek Fayzullaev hisobiga yozildi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli hujumkor futbolchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA uni avgust oyida transfer qilib, 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.

7521adff851aaf72bec3e7ad566b17a164e2fe6a12434152314052

Tomonlar o‘zaro kelishgan holda bitimni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi orqali yanada kuchli chempionatlarga o‘tishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
19/09/2023 12:55
Мақтанишга озроқ вақт бор,шошмайла,бир сезон ўйнасин кўпроқ голлар урсин,бомбардир бўлсин,кейин мақтанса бўлади.