
O‘zbekiston - Argentina: Ikkinchi taym boshlandi! (matnli translyatsiya)
40. O‘yin yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi.
39. Sal bo‘lmasa, raqib o‘z yarim maydonidan bo‘sh darvozamizni ishg‘ol qilardi. Hayriyat!
38. Bizda o‘ynovchi-darvozabon.
37. O‘yin ancha jonlandi.
37. Elmurodovning yarim maydonni kesib o‘tib bergan zarbasi xavfli ketdi.
36. Elmurodovning darvozani tark etishi sal bo‘lmasa, golga sababchi bo‘lardi.
36. Argentinaliklarda 5 ta fol. Keyingilari dabl-penaltiga sabab bo‘ladi.
33. Chorievning uzatmasi noaniq yo‘nalish oldi.
32. To‘p nazoratini ushlab turibmiz.
31. Elmurodov maydon markazigacha etib borib, Nishonovga to‘pni etkazib berdi. Uning zarbasi biroz noaniq ketdi.
30. Nishonovning o‘tib ketishiga himoyachilar yo‘l qo‘ymadi.
29. Argentina himoyaviy o‘yin namoyish eta boshladi.
28. O‘yin kichik tanaffusdan so‘ng, davom eta boshladi.
27. Argentina futzalchisi ochiqchasiga terma jamoamiz vakilini ushlab qoldi. Hakam sariq kartochka ko‘rsatmadi.
26. Choriev o‘ziga uzatilgan to‘pga eta olmadi.
25. Vakillarimiz 3-folni qilishga ulgurdi. Ehtiyot bo‘lish kerak.
24. Ropiev o‘z qanotida faol.
23. Elmurodov oyoqlari bilan to‘pni qaytarib yubordi.
23. Elmurodov hozircha o‘z postida ishonchli o‘ynamoqda.
22. Hujumlarimiz zarbagacha etib bormayapti.
21. Ikkinchi taymning ilk daqiqalaridan to‘p nazoratini qo‘lga oldik.
21. Ikkinchi taym boshlandi. Olg‘a, O‘zbekiston!
20. Birinchi taym yakunlandi. Hisob: 0:1
19. Bizda taym so‘ngida o‘ynovchi-darvozabon harakat qilmoqda.
18. Xushnur Erkinovning urunishi omadsiz chiqdi.
18. Anasxon Rahmatovning zarbasi salgina noaniq ketdi.
17. Nishonovning havolatib bergan zarbasi ancha xavfli yo‘nalish oldi.
17. Ropiev o‘ziga uzatilgan to‘pga eta olmadi.
17. Anorovning zarbasi ancha xavfli chiqdi. Birozgina noaniq.
17. Taym-out.
16. Vakillarimiz yaxshi jarima zarbasiga ega bo‘ldi.
16. Chorievning uzatmasiga Nishonov eta olmadi.
15. Lukas Boloning zarbasini Elmurodov ushlab oldi.
14. Taym-out!
14. Rosa Matiasning oyog‘i sindi. Tezyordam uni olib ketdi.
14. Yaxshi qarshi hujumimiz barbod bo‘ldi. Futzalchilarimiz bir-birini tushunmadi.
14. Elmurodovdan yana bir ajoyib seyv. Argentina ancha faollashdi.
14. Argentinalik futzalchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
13. Argentina futzalchilari jarima zarbasidan foydalana olmadi.
13. Elmurodov raqibning yana bir zarbasini qaytarishga erishdi.
13. To‘p nazoratini ushlab turmoqdamiz.
12. Choriev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.
11. Rahmatov raqib hujumini bartaraf etdi.
10. Elmurodov raqibning xavfli zarbasini qaytardi.
10. Usmonovning zarbasi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.
9. Ropievning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
8. GOL! Argentinaliklar hisobni ochdi. Lukas Tripodi gol muallifi.
8. Xamroev va Nishonov bir-birini tushunmadi.
7. Usmonov hujumda ancha faol.
6. Nishonovning zarbasini darvozabon oyoqlari bilan qaytardi.
5. Argentinaliklar ham ancha faollashdi.
4. Burchak uzatmasidan so‘ng, argentinalik futbolchining bergan zarbasi noaniq ketdi.
4. Argentinaliklar yaxshi vaziyat yaratdi. Baxtimizga zarba noaniq.
3. Usmonovning yana bir faolligi xavfli hujumga sabab bo‘ldi. Ammo ish zarbagacha etib bormadi.
3. Usmonovning chap qanotdan uyushtirgan reydi xavfli chiqdi. Raqib posboni qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
2. Hamroev juda qulay vaziyatdan noaniq zarba yo‘lladi. Ajoyib hujum!
1. Darvozabonimiz bergan zarba noaniq ketdi. Vakillarimiz tajavvuzkor o‘yin boshladi.
1. O‘yin boshlandi.
18:25: Ikki davlat madhiyalari yangradi. Uchrashuv boshlanish arafasida.
18:20: Jamoalar maydonga tushib kelish arafasida.
18:16: Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun argentinalik raqiblariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi. Ushbu sahifa orqali bellashuvni matnli translyatsiya tarzida kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi. Xavfli vaziyatlardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib turish uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi.
Fikrlar