O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi: O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?

  • 18 mart, 14:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining 7-turida milliy terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu bellashuvdan avval ikki jamoaning o‘zaro uchrashuvlar statistikasi bilan tanishing. 
 
Ikki jamoa tarixda umumiy 6 bora to‘qnash kelgan. Ularning 3 tasi Jahon chempionati saralashi, 3 tasi esa xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida yuz bergan. 
 
Eng yaxshi tomoni shuki, hali terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasiga imkoniyatni boy bermay, faqat zafar quchib kelmoqda. 
 
To‘plar nisbati: 
 
O‘zbekiston - 20 
Qirg‘iz Respublikasi - 5 
 
Jahon chempionati saralashi: 
 
Qirg‘iz Respublikasi 2:3 O‘zbekiston (2024 yil, 10 oktyabr) 
Qirg‘iz Respublikasi 0:3 O‘zbekiston (2011 yil, 28 iyul) 
O‘zbekiston 4:0 Qirg‘iz Respublikasi (2011 yil, 23 iyul) 
 
O‘rtoqlik bellashuvlari: 
 
Qirg‘iz Respublikasi 1:4 O‘zbekiston (2023 yil, 25 dekabr) 
O‘zbekiston 3:1 Qirg‘iz Respublikasi (2022 yil, 25 mart) 
O‘zbekiston 3:1 Qirg‘iz Respublikasi (2019 yil, 9 noyabr) 
 
Hozirda milliy terma jamoamiz guruh bosqichida 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ochko to‘plagan holda, 2-o‘rinda kelayotgan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi 3 ochko bilan turnir jadvalining 5-o‘rinini band qilmoqda. 

Jahon chempionati saralashida terma jamoalarning qolgan uchrashuvlari: 
 
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi (20.03.25) 
Eron - O‘zbekiston (25.03.25) 
OAE - O‘zbekiston (5.06.25) 
O‘zbekiston - Qatar (10.06.2025) 
 
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi (20.03.25) 
Qirg‘iz Respublikasi - Qatar (25.03.25) 
KXDR - Qirg‘iz Respublikasi (6.06.25) 
Qirg‘iz Respublikasi - OAE (10.06.2025)
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi bo‘lajak bellashuv 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!