O'zbekiston bilan bo'ladigan o'yin oldidan Ronalduga qattiq talab qo'yildi

  • 15.05.2026 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlari mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoalar tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishmoqda.

Mundialda ilk marotaba ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalari bilan raqobatlashadi.

Guruh favoriti hisoblangan Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jahon chempionati oldidan yetakchi futbolchisi Krishtianu Ronalduning jismoniy holati va o‘yini haqida fikr bildirdi.

Martines Saudiya Arabistoni chempionatidagi “An-Nasr” va “Al-Hilol” (1:1) o‘rtasidagi markaziy uchrashuvni kuzatdi. U milliy jamoaning bir nechta futbolchilari, jumladan Ruben Neves, Joau Feliks va Krishtianu Ronalduning harakatlarini diqqat bilan tomosha qilib, ularni baholadi.

-  Krishtianu hali ham g‘alaba qozonish uchun ulkan ishtiyoqga ega va men uning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan keyin darajasi pasayganini ko‘rmayapman. U juda yaxshi o‘ynamoqda va Portugaliya terma jamoasi uchun naqadar muhim ekanini isbotladi. Barcha yutuq va muvaffaqiyatlardan keyin ham Ronaldu yuqori darajadagi ishtiyoqini saqlab qolgan, - dedi Roberto Martines.

Shu bilan birga, murabbiy o‘tмишdagi xizmatlar avtomatik ravishda tarkibdan joy kafolatlamasligini ham ta’kidladi.

- Faqat yutuqlarning o‘zi terma jamoadan joy olish uchun yetarli bo‘lmaydi. Futbolchi jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berishi kerak. Ronaldu terma jamoa sardori ekani va ajoyib natijalarga erishganiga qaramay, boshqa har qanday futbolchi kabi bir xil majburiyatlarga ega, - deya qo‘shimcha qildi bosh murabbiy.

Roberto Martines 2026 yildagi jahon chempionati uchun Portugaliya terma jamoasining yakuniy tarkibini 19 may kuni e’lon qilishi kutilmoqda. Agar Krishtianu Ronaldu ro‘yxatga kiritilsa, bu uning faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ladi.

Portugaliya milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini AQSh vaqti bilan 17 iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Shuningdek, guruh bosqichida O‘zbekiston va Kolumbiya futbolchilariga qarshi ham bahs olib boradi.

Futbol ekspertlari portugalialik futbolchilarning salohiyatini yuqori baholab, jahon kubogiga asosiy da’vog‘arlar safiga qo‘shmoqda. 41 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida jahon chempionatidan boshqa barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Ronaldu xalqaro miqyosda Portugaliya terma jamoasi uchun 226 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 143 marotaba ishg‘ol qilgan. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon rekordi hisoblanadi.  

O‘zbekiston jahon chempionatida nechta gol urishi aytildi

O‘zbekiston bilan o‘yin bor! Kolumbiya yulduzi faoliyatini yakunlamaydigan bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!