O‘zbekiston chempioni “Barsa” Messini ushlab qolishiga ishonmayapti

  • 21.11.2020 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston chempioni Rivaldo sobiq jamoasi “Barselona” Lionel Messini  yshlab qola olmasligini ta’kidlayapti.  

- “Barselona”ning yangi rahbariyati Messini Kataloniyani tark etish fikridan qanday qaytarishini tasavvur qila olmayapman. Leo “Barsa”da uni ushlab qoladigan resurs yo‘qligini ko‘rib turibdi.

Messining boshqa klublardan oladigan takliflari kataloniyaliklarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Agar klub rahbarlari futbolchilar maoshini kesish fikridan qaytmasa, Leoni olib qolish imkoniyati pasayib boraveradi.

Messi qachon fikrini o‘zgartirishi mumkin? Buning uchun Kuman kamida Evropa ligasi yoki Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishi kerak. Shundagina Leo bu klub hamon sovrinlarga da’vogar ekaniga ishonadi, - dedi Rivaldo.

Zidan Kumanning shogirdiga ko‘z tikdi

Tedesko: Kokorin bo‘lmasa, O‘runov bor!

“Oltin to‘p” sohibining o‘g‘li A Seriyada o‘ynaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!