O‘zbekiston Formula-1 poygalarini o‘tkazishga qiziqmoqda
O‘zbekiston hukumati mamlakat hududida Formula-1 bosqichini tashkil etishdan manfaatdor, deb yozmoqda britaniyalik jurnalist Jo Seyvud shaxsiy blogida.
Sharhlovchining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Singapurning o‘tgan Gran-prisida "qirollik poygalari"ni o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilish uchun paddokda paydo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Formula-1 bosqichlarini o‘tkazayotgan Osiyo davlatlari qatoriga Bahrayn, Xitoy, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Singapur, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kiradi.
Fikrlar