
O‘zbekiston kubogi. 1/8 finaliga 23 may kuni qur’a tashlanadi
21 may sanasida O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga etadi. Sport prinsiplariga amal qilingan holda guruhlardagi so‘nggi tur bellashuvlari bir vaqtda start oladi.
Iyun oyining ikkinchi yarmida 1/8 final o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichga 23 may kuni qur’a tashlanadi. Jarayon jonli efirda namoyish etiladi. Shu kuni Superliga 11-turi "Andijon" - "Surxon" o‘yini bilan start oladi. Rejaga ko‘ra, qur’a aynan shu bellashuv oldidan o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finaldagi raqibini o‘z maydonida qabul qiladi.
Fikrlar