
O‘zbekiston kubogi 1/8. "Neftchi" minimal hisobda yutqazib, turnirni tark etdi. "So‘g‘diyona" esa yirik hisobda zafar quchdi
O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Mash’al", "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Vitaliy Levchenko boshchiligidagi klub 0:1 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Uchrashuvning yagona goliga Sardor Abduraimov mualliflik qildi.
Ikkinchi uchrashuvda esa "So‘g‘diyona" "Qizilqum" ustidan 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Bellashuvning 1-daqiqasidayoq Samandar Mavlonqulov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 7-daqiqa o‘tib, Murodali Usmonov hisobni tenglashtirdi. 18-daqiqaga kelib esa Zoir Jo‘raboev yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Stanislav Andreev farqni 2 taga etkazgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda Xondamir Mustafoqulov hisobni yiriklashtirib qo‘ydi (4:1).
Ushbu ikki uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l olgan 5 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi: "Dinamo", "Sho‘rtan", "Bunyodkor", "Mash’al" va "So‘g‘diyona".
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Nimchorak final
Fikrlar