
O‘zbekiston Kubogi. Muhim o‘yin oldidan "Yunired" tarkibida yo‘qotish mavjud
Ertaga, 27 mart kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" stadionida O‘zbekiston Kubogi 3-saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Dastlab 12:00da "Qumqo‘rg‘on-1977" - "Do‘stlik Oltiariq" bellashuvi o‘tkaziladi. Keyin esa 15:00da "Andijon 2" - "Yunired" qarama-qarshiligi boshlanadi.
Mazkur bellashuv oldidan Samarqand viloyati vakili "Yunired" tarkibida bitta yo‘qotish mavjud. 2-saralash bahsida Jasur Qurbonov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Shu bois u ertangi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Jasur jamoasining asosiy tarkib futbolchisi edi. Futbolchi ikkita o‘yinda ham asosiy tarkibdan o‘rin egallagandi. Qurbonov 22-raqamda harakat qilgan.
Fikrlar